GEOFAZOVIY USULLAR ORQALI ORGANIK VA AN’ANAVIY DEHQONCHILIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
Bugungi
kunda
dunyo
boʼylab
oziq-ovqat
xavfsizligini
taʼminlash
maqsadida
qishloq
xoʼjaligini
raqamlashtirish
hamda
uni
boshqarishda
zamonaviy
geofazoviy
usul
va
texnologiyalardan
foydalanish
tadbirlari
jadal
olib
borilmoqda.
Mamlakatimizda
ham «Raqamli
qishloq
xoʼjaligi»
ni
tashkil
etish
maqsadida
xukumatimiz
tomonidan
qator
qonun
hujjatlari
hususan,
Oʼzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
«Raqamli
Oʼzbekiston
— 2030» strategiyasini
tasdiqlash
va
uni
samarali
amalga
oshirish
chora-tadbirlari
toʼgʼrisida»
2020 yil
5 oktyabrdagi
PF-6079-son Farmoni,
«Raqamli
iqtisodiyot
va
elektron
hukumatni
keng
joriy
etish
chora-tadbirlari
toʼgʼrisida»
2020 yil
28 apreldagi
PQ-4699-son qarori,
shuningdek,
«Oʼzbekiston
Respublikasi
agrosanoat
majmui
va
qishloq
xoʼjaligida
raqamlashtirish
tizimini
rivojlantirish
chora-tadbirlari
toʼgʼrisi»dagi
Oʼzbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2020 yil
17 dekabrdagi
794-sonli qarori
amalda
boʼlib,
ularda
asosiy
vazifalar
etib
qishloq
xoʼjaligida
geofazoviy
usullar
sanalgan
yerni
masofadan
zondlash
maʼlumotlaridan
foydalanish
va
geoaxborot
texnologiyalarini
keng
joriy
etish
samaradorligini
oshirish
belgilab
berilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Innovatsion
rivojlanish
agentli
hamda
Vengriyaning
Innovatsiya
va
texnologiya
vazirligi
tomonidan
2022 yilda
e’lon
qilingan
innovatsion
va
ilmiy-amaliy
loyihalar
tanlovi
(62-tur)ga
“Toshkent
irrigatsiya
va
qishloq
xo’jaligini
mexanizatsiyalash
muhandislari
instituti”
Milliy
tadqiqot
universiteti
(“TIQXMMI”
MTU)
va
Vengriyaning
Nireghaza
universiteti
olimlari
hamkorligida
topshirilgan
“Geofazoviy
usullar
orqali
organik
va
an’anaviy
dehqonchilikni
qo‘llab-quvvatlash”
mavzusidagi
ilmiy
loyiha
har
ikki
davlat
mas’ul
vazirliklari
tomonidan
moliyalashtirishga
tavsiya
etildi.
Mazkur
loyiha
2023
yilning
oktabr
oyidan
boshlangan
bo‘lib,
loyiha
muddati
3 yilni
tashkil
etadi.
Vengriya va O‘zbekistonda organik va an’anaviy qishloq xo‘jaligini yuritishda manfaatdor tomonlarni geofazoviy usullar va texnologiyalar bilan qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Loyiha tomonlarning bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, bunda tomonlar: jumladan, Nireghaza universiteti jamoasi organik dehqonchilikka e’tibor qaratishsa, “TIQXMMI” MTU jamoasi geoaxborot tizimi (GAT) va yerni masofadan zondlash (YMZ) orqali modellashtirish usullaridan foydalangan holda ekinlarning holati, rivojlanishi, o‘g‘itga talabi hamda kutilayotgan hosilni bashorat qilish uchun metodologiya ishlab chiqishga o‘z e’tiborini qaratadi. Loyiha davomida har ikki tomon o‘zaro tajribalaridan foydalangan holda ularni amalda qo‘llashlari ko‘zda tutilgan.
created with
Best Free Website Builder .